GAZETA

“Ma’rifat” gazetasi 1931 yildan buyon nashr etiladi.

Gazetaning shiori: “Kuch – bilim va tafakkurda”
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashi uning muassislaridir.

Gazeta asosan xalq ta’limi, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatadigan rahbar xodimlar, pedagoglar, tarbiyachilar, professor-o‘qituvchilar, olimlar — ziyolilarga, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari a’zolariga mo‘ljallangan.

Uning asosiy maqsadi O‘zbekistonda ta’lim-tarbiyaga oid barcha masalalarni jamiyat, davlat, el-yurt manfaati nuqtai nazaridan o‘rganish, kun tartibiga qo‘yish, muhokama qilish, muammolarning ilmiy, nazariy, amaliy yechimlarini topishda ta’lim xodimlariga ko‘maklashish, ta’lim-tarbiya mazmuni, shakllari va usullarini takomillashtirish, xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim xodimlarining, kamol topayotgan o‘g‘il-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish; «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlarda ko‘zda tutilgan barcha masalalar bo‘yicha tashviqot ishlarini olib borish; milliy hamda jahon ta’limiga oid ilg‘or nazariya, metodika va amaliyotni ziyolilarga yetkazishda, hayotga joriy etishda targ‘ibotchi sifatida faoliyat ko‘rsatish; ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi faoliyatiga doir yangiliklar, amalga oshirilayotgan ibratli ishlar to‘g‘risida axborot berishdir.

Gazeta o‘zbek tilida haftada ikki marotaba – chorshanba va shanba kunlari nashr qilinadi.
Gazetaning bosh muharriri – A.Rahimov
Gazeta O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligida 0067 raqam bilan 2006 yil 22 dekabrda ro‘yxatga olingan.
Indeks: 149, 150
hajmi: 4 bosma taboq. formati: A-3
Tiraji: 35430 (2007 yil)
Gazeta “Sharq” nashriyot-matbaa aksionerlik kompaniyasi bosmaxonasida chop etiladi.

Gazeta manzili:
100083, Toshkent, Matbuotchilar ko‘chasi, 32 uy.
Elektron manzil: info@marifat.uz
Web sayti: www.marifat.uz
Tel: 236-54-10
Fax: 233-99-15

MANZIL: XO`JA YUSUF HAMADONIY 50, SAMARQAND 140100; TEL:+99866 233 3765; FAX:+99866 233 6055